Huquqiy ma’rifat – ongli tanlov va ijtimoiy moslashuv sari yo‘l

Huquqiy ma’rifat – ongli tanlov va ijtimoiy moslashuv sari yo‘l

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida voyaga yetmaganlar uchun jazoni ijro etish muassasasida sayyor darslar tashkil etildi.

Tadbirdan asosiy maqsad ishtirokchilarning huquqiy ma’rifati va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda ijtimoiy moslashuv jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Sayyor darslar davomida sud-huquq islohotlari, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Darslar interaktiv muloqot shaklida tashkil etildi va ishtirokchilarda qonunga hurmat, huquqiy ong va ongli hayotiy pozitsiyani shakllantirishga qaratildi.

Telegram Facebook