Akademiya talabasi Vena shahridagi UNODC xalqaro antikorrupsiya seminarida ishtirok etdi

Akademiya talabasi Vena shahridagi UNODC xalqaro antikorrupsiya seminarida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining «Tergov faoliyati» yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Mashxura Mardonova Vena xalqaro markazida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC) tomonidan Model UNCAC Youth COSP tashabbusi doirasida tashkil etilgan Capacity-Building Workshop xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etdi.

Tadbir turli davlatlardan yosh ishtirokchilarni birlashtirib, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi doirasida korrupsiyani oldini olish, jinoyatlashtirish, xalqaro hamkorlik va aktivlarni qaytarish masalalariga bag‘ishlandi.

Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, jumladan sun’iy intellekt imkoniyatlari, uning profilaktikadagi o‘rni, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi xavf va etik jihatlar muhokama qilindi.

Amaliyot qismida ishtirokchilar xalqaro muzokaralar modelini ishlab chiqish orqali antikorrupsiya rezolyutsiyasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etdilar.

Mazkur ishtirok Akademiyaning xalqaro ta’limiy hamkorlikni izchil rivojlantirayotganini, talabalarni global antikorrupsiya kun tartibiga jalb etish va ularni xalqaro standartlar asosida tayyorlashga qaratilgan yondashuvini yana bir bor namoyon etdi.

Telegram Facebook