Kasbiy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish

Kasbiy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish

Akademiya tomonidan Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy ta’lim tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Akademiya vakili korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy yondashuvlari, akademik halollik masalalari hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda tizimli profilaktikaning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etdi.

Alohida e’tibor korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishning amaliy jihatlari, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni mustahkamlash va ta’lim muhitida profilaktika ishlari samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi.

Mazkur tadbir kasbiy ta’lim tizimida antikorrupsiya madaniyatini mustahkamlashga, korrupsiya huquqbuzarliklarining oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga hamda mazkur yo‘nalishda professional hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook