Toshkent shahri Yunusobod tumanida mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida huquqni muhofaza qilish organlari rahbariyati ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot shaklida tashkil etilib, unda yoshlarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar, taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ishlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tushuntirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Qalqon” jamoasi a’zolari huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishdagi faol ishtiroki va amaliy yordami uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur tadbir yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini o‘rganish va davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.