Tergov sifatini oshirish: Toshkent viloyatida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Tergov sifatini oshirish: Toshkent viloyatida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar, xususan tergov sifatini oshirish va uning shaffofligini ta’minlashga qaratilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Akademiya xodimlari tomonidan Toshkent viloyati prokuraturasi hamda ichki ishlar organlari tergovchilari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kiberjinoyatlarni fosh etishda tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash, raqamli muhitda dalillarning yaxlitligini saqlagan holda to‘plash, shuningdek elektron qurilmalar va onlayn platformalar bilan ishlashning muhim jihatlari muhokama qilindi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan amaliy faoliyatda yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinib, o‘zaro fikr va tajriba almashildi.

Telegram Facebook