Navro‘z festivali Akademiya talabalarini an’ana va bellashuv ruhida birlashtirdi

Navro‘z festivali Akademiya talabalarini an’ana va bellashuv ruhida birlashtirdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Navro‘z bayrami munosabati bilan talabalar festivali yakunlandi.

Dastur doirasida harbiy-sport estafetasi, arqon tortish, girya ko‘tarish, armrestling, stol tennisi, kamondan o‘q otish va milliy liboslar tanlovi tashkil etildi. 1–3 kurs talabalari jamoaviy va yakka tartibdagi bellashuvlarda ishtirok etib, yuqori jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik va jamoaviylikni namoyon etdilar.

Festival doirasida milliy liboslar tanlovi ham o‘tkazilib, ishtirokchilar milliy madaniyat va an’analarni aks ettiruvchi liboslarni namoyish etdilar.

Shuningdek, sumalak tayyorlash, talabalar o‘rtasida osh tanlovi hamda “An’ana, urf-odat va qadriyatlar” mavzusida badiiy o‘qish tanlovi tashkil etildi.

Musobaqa va tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash va talabalar o‘rtasida birdamlik muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Telegram Facebook