Yoshlar bilan ochiq muloqot: kiberxavfsizlik va giyohvandlik profilaktikasi

Yoshlar bilan ochiq muloqot: kiberxavfsizlik va giyohvandlik profilaktikasi

Olmazor tumanida “Yoshlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbir to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot shaklida tashkil etildi. Unda “Kiberxavfsizlik: zamonaviy tahdidlar va ularning oldini olish” hamda “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzulari muhokama qilindi.

Talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni zamonaviy kibertahdidlardan himoya qilish, shuningdek giyohvandlikning oldini olish va uning salbiy oqibatlaridan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning huquqiy bilimlarini oshirish va shaxsiy hamda jamoat xavfsizligiga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.

Telegram Facebook