2019 yil 12 yanvar kuni Bosh prokuratura Akademiyasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo'yicha «El-yurt umidi» jamg'armasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi.
Tadbir doirasida taraflar zamonaviy yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo'yicha hamkorlikning istiqbollarini muhokama qildilar.
Tomonlar Akademiyaning pedagog, ilmiy xodimlar va tinglovchilarini xorijiy mamlakatlar ta'lim va ilmiy muassasalarida magistratura va doktorantura dasturlari bo'yicha ta'lim olishi, malaka oshirish va stajirovka o'tashini tashkil etish, Akademiyaning o'qitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, qimmatli ilmiy va amaliy tajriba hamda salohiyatga ega vatandoshlarimiz bilan aloqalar o'rnatish masalalarida hamkorlikni yo'lga qo'yish istagini bildirdilar.