Tadbirkor doiralar vakillari ishtirokida soliq siyosatidagi asosiy o'zgarishlar to'g'risida seminar o'tkazildi

Tadbirkor doiralar vakillari ishtirokida soliq siyosatidagi asosiy o'zgarishlar to'g'risida seminar o'tkazildi

Bosh prokuratura Akademiyasida 2019 yil 12 yanvar kuni soliq siyosatidagi o'zgarishlar, soddalashtirilgan yoki umumbelgilangan tartibda QQSni hisoblash va to'lashga o'tishda yuzaga kelayotgan masalalarga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.

Tadbirda ikki yuzdan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari, assotsiatsiyalar, shuningdek, prokuratura va davlat soliq xizmati vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Davlat soliq qo'mitasi raisi o'rinbosari A.Fayzibaev, Moliya vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari E.Gadoev, Bosh prokuratura Akademiyasi Markazi boshlig'i B.Ismailov so'zga chiqdi.

Tadbir davomida ma'ruzachilar tomonidan 2019 yilga mo'ljallangan soliq siyosati asosiy yo'nalishlarining mazmun-mohiyati, soliqlardagi asosiy o'zgarishlar va ularni hisoblashning mexanizmlari batafsil tushuntirib berildi, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlari uchun soliq siyosatidagi o'zgarishlarni sodda shaklda tushuntirib beradigan materiallar tarqatildi.

O'tkazilgan tadbirda tadbirkorlik sub'ektlari vakillari faol ishtirok etishdi, ular o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar, shuningdek soddalashtirilgan yoki umumbelgilangan tartibda QQSni hisoblash va to'lashga o'tishdagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha takliflar kiritildi.