O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qiladi

Quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka  qabul qilinadi:

  • 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Xuquqiy ta’limotlar tarixi;
  • 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi;
  • 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq;
  • 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya;
  • 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi;
  • 12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura;
  • 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi;
  • 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi;
  • 12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar);
  • 12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati (yuridik fanlar);
  • 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar);
  • 12.00.16 – Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash (yuridik fanlar);
  • 12.00.18 – Raqamli huquq.

Muddat: 2026-yil 15-apreldan 15-mayga qadar

Ro‘yxatdan o‘tish: daraja.ilmiy.uz

Hujjatlar Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Ilmiy innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi tomonidan joriy yilning 15-may kunigacha Toshkent shahri, Yunusobod tuman, Rixsiliy ko‘chasi 9-uyda (Akademiya ma’muriy binosi, 4-qavat 420-xonasida) qabul qilinadi.

❕Eslatma: tanlovda ishtirok etish tartiblari, topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-apreldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.

Telegram Facebook