Yunusobod tumani 7-sonli ichki ishlar bo'limi faoliyati bilan tanishuv

Yunusobod tumani 7-sonli ichki ishlar bo'limi faoliyati bilan tanishuv

Joriy yilning 16 yanvar kuni Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati, respublikaning hududiy prokurorlari va ichki ishlar idoralari boshliqlaridan iborat guruh tarkibida, Toshkent shahar Yunusobod tumani 7-sonli ichki ishlar bo'limida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi yangiliklar bilan yaqindan tanishishdi.

Tanishuv jarayonida ichki ishlar bo'limining zamonaviy tizim asosida tashkil etilgan tezkor navbatchilik qismi, profilaktika, tergov, jinoyat-qidiruv bo'linmalari, ichki migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi, psixolog, yong'in xavfsizligi, tez yordam, favqulodda vaziyatlar xizmatlarining faoliyati namoyish qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilarga ichki ishlar bo'limining tuman hokimligi, prokuratura, soliq inspektsiyasi va boshqa idoralar bilan hamkorlik mexanizmlarini yanada kengaytirish maqsadida ichki ishlar xodimlarining 86 foizini quyi bo'g'inga o'tkazish bo'yicha tashkiliy-shtat tuzilmasini maqbullashtirish loyihasi taqdim qilindi.