Davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash va sud qarorlari ijrosi: prokuror xodimlarining malakasi oshirildi

Davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash va sud qarorlari ijrosi: prokuror xodimlarining malakasi oshirildi

Akademiyada prokuratura organlari amaliyotiga integratsiya qilingan o‘quv jarayoni doirasida Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusining tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yordamchilari hamda viloyat prokuraturalari mahkama xodimlari uchun malaka oshirish kursi yakunlandi.

Kurs “Sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash hamda sud qarorlari ijrosini ta’minlashda prokuratura organlarining roli” mavzusiga bag‘ishlandi.

O‘quv jarayonida davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlashning amaliy jihatlari, sud qarorlari ijrosini ta’minlash mexanizmlari, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotida yagona yondashuvlarni shakllantirish masalalari chuqur tahlil qilindi.

Shu bilan birga, amaliyotda uchrayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi, ishtirokchilarga amaliy tushuntirishlar berildi.

Kurs yakunida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari baholandi, jumladan ular tomonidan amaliyotdagi muammolar tahlili asosida qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.

Telegram Facebook