Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talaba va tinglovchilar ishtirokida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yuridik fanlar doktori, professor, qator detektiv asarlar muallifi Komil Sindorov bilan ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida muallif o‘zining huquqni muhofaza qilish organlaridagi amaliy faoliyati, ijodiy yo‘li va yozuvchilik tajribasi haqida so‘z yuritdi. U adabiy asarlarda hayotiy haqiqatni ifodalash, voqelikni badiiy talqin etish va kasbiy bilimlarni ijod bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Qayd etilganidek, yozuvchining asarlari real voqelikka asoslangan mazmuni, mantiqiy izchilligi hamda o‘zaro bog‘liq syujet liniyasi bilan ajralib turadi. Ushbu asarlar bugungi kunda o‘z o‘quvchilar auditoriyasiga ega bo‘lgan yaxlit adabiy turkum sifatida shakllangan.
Tadbir doirasida tinglovchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, kelgusida tergov faoliyatida zarur bo‘ladigan kasbiy kompetensiyalar va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.