Bosh prokuratura Akademiyasida joriy yilning 17 yanvar kuni elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash bo'yicha qonunchilik ijrosi bo'yicha seminar o'tkazildi.
Mazkur tadbirda Majburiy ijro byurosi markaziy mahkamasi va hududiy boshqarmalarining xodimlari, “O'ztransgaz” AJ rahbariyati va hududiy filiallarining mas'ul xodimlari, “O'zbekenergo” AJning “Energosotish” filiali, shuningdek hududiy filiallarining xodimlari ishtirok etdilar.
Seminarda energiya resurslari, suv ta'minoti va suv chiqarish sohasida qonuniylikni ta'minlash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, sohaga oid qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarni amaliyotda qo'llashga doir mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama etildi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.11.2018 yildagi “Qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish uchun to'lovlarni to'lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF–5580-sonli Farmoni ijrosini to'liq va sifatli tashkil etish bo'yicha batafsil tushuntirishlar berildi.