O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi loyihasini tayyorlash bo'yicha mutaxassislar guruhining ko'chma ishchi sessiyasi

O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi loyihasini tayyorlash bo'yicha mutaxassislar guruhining ko'chma ishchi sessiyasi

2019 yilning 15 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi loyihasini tayyorlash bo'yicha Bosh prokuratura Akademiyasi raxbarligidagi xalqaro va milliy ekspertlar ishchi guruhining 6-kunlik sayyor sessiyasi Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida o'z ishini boshladi.

Tadbir BMTning Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha hududiy boshqarmasi hamda “Regional`niy dialog” XNNT (Sloveniya) ko'magida o'tkazilmoqda.

Tadbirda Bosh prokuratura, Sudyalar oliy kengashi, Ichki ishlar vazirligi, advokatlar Palatasi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o'rganish tadqiqot markazi, Oliy Majlis huzuridagi qonunchilik muammolari va Parlament tadqiqotlari instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, IIV Akademiyasi vakillari ishtirok etmoqdalar.

Xalqaro ekspertlar sifatida BMTning Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha hududiy boshqarmasining jinoiy sudlov Dasturi xalqaro menejeri Kun Markvering, “Regionalniy dialog” XNNTning huquq bo'yicha eksperti Goran Klemenchich (2018 yilga qadar Sloveniya adliya vaziri lavozimida ishlagan), “Regional`niy dialog” XNNT dasturi menejeri Matits Zupan, Kemerovo davlat universiteti professori, yu.f.d. Maksim Geta va “Kiev-Mogilyansk akademiyasi” Milliy universitetining kafedra professori yu.f.d. Nikolay Xavronyuklar qatnashib kelmoqda.

Ishtirokchilar tomonidan xorijiy davlatlar ilg'or tajribasi va xalqaro standartlar asosida yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasining umumiy tuzilishi ishlab chiqilib, Umumiy qism loyihasi tayyorlanmoqda.