Magistratura tinglovchilari jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Magistratura tinglovchilari jazoni ijro etish muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura tinglovchilari 13-son jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida ular mahkumlarning jazo o‘tash sharoitlari, muassasaning faoliyati va ichki tartib-qoidalari, shuningdek mahkumlarni qayta ijtimoiylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan tanishdilar.

Mazkur tashrif amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni ta’minlash, tinglovchilarda jazoni ijro etish tizimi faoliyati haqida yaxlit tasavvurni shakllantirish hamda kelgusi kasbiy faoliyat uchun zarur amaliy bilimlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram Facebook