2026-yil 5-may kuni soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Yuridik fan va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb masalalari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur konferensiyada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamda boshqa yuridik ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va yosh olimlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbir Akademiyaning Yunusobod tumanida joylashgan o‘quv binosida o‘tkaziladi.
Konferensiya yakuniga ko‘ra ilmiy maqolalar va tezislar to‘plamini nashr etish rejalashtirilgan.
Maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: (havola).