O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida kutubxona fondini zamonaviy xorijiy ilmiy adabiyotlar bilan boyitish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim jarayoni va ilmiy tadqiqotlarni dolzarb adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida kutubxona fondi korrupsiyaga qarshi kurashish, kriminologiya, kriminalistika va tezkor-qidiruv faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha yangi xorijiy nashrlar bilan to‘ldirildi.
Mazkur adabiyotlar mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga, ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarning zamonaviy bilimlar va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Amalga oshirilayotgan ishlar Akademiyada ta’lim muhitini yanada takomillashtirish va kadrlar tayyorlashda ilg‘or yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi.