Akademiya Kengashi: ta’lim, kadrlar va ilm-fan masalalari muhokama qilindi

Akademiya Kengashi: ta’lim, kadrlar va ilm-fan masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining 2026 yildagi 4-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Akademiya faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish natijalari muhokama qilinib, ayrim xodimlar faoliyati qo‘shimcha baholandi hamda ularga shaxsiy ustamalar belgilash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, Akademiyaning oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga kiruvchilar uchun yuridik fanlar bo‘yicha ixtisoslik dasturlari tasdiqlandi. Mazkur dasturlar ilmiy salohiyatni rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda professor-o‘qituvchilar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan tayyorlangan monografiyalar hamda ilmiy tadqiqot natijalarini nashrga tavsiya etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, bir qator xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha ham tegishli qarorlar qabul qilinib, Akademiya faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Telegram Facebook