Joriy yilning 16-18 yanvar kunlari Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi xodimlarining malakasini oshirish mashg'ulotlari o'tkazildi.
Mazkur mashg'ulotlarda prokuratura organlarida ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda prokuratura organlarida tahliliy faoliyatni tashkil etish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlik va investitsiyalarni himoya qilishning ayrim dolzarb masalalari, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda qonunlar ustidan nazoratni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirlarda ishtirokchilarning avvaldan yetkazib berilgan o'quv materiallarni o'zlashtirganligi bo'yicha tayyorgarligini aniqlashtirish hamda ular asosidagi muammoli masalalar, qiziqtirgan savollarga javoblar berish orqali muhokama shaklida o'tkazildi.