Ekspertlar tayyorlashga qaratilgan amaliy seminarda ishtirok etildi

Ekspertlar tayyorlashga qaratilgan amaliy seminarda ishtirok etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga jalb etiladigan ekspertlarni tayyorlashga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Elektron ta’lim bo‘limi boshlig‘i A.Ibraymov ishtirok etdi.

Seminar davomida ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishning normativ-huquqiy asoslari, baholash mezonlari, ekspertlik faoliyatini amalga oshirish tartibi hamda ushbu yo‘nalishdagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Seminar yakunlariga ko‘ra, A.Ibraymovga ta’lim tashkilotlarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etish huquqini beruvchi sertifikat topshirildi.

Telegram Facebook