Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlarining ixtisoslashgan bo‘linmalari xodimlari uchun komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv dasturi prokuratura organlarida korrupsiyaga qarshi zamonaviy ichki nazorat mexanizmlarini joriy etish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va minimallashtirish, shuningdek, profilaktik choralarni kuchaytirishga qaratilgan.
Tinglovchilar prokuratura organlarida komplayens tizimini tashkil etishning institutsional asoslari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va boshqarish usullari, xalqaro standartlar va ilg‘or tajriba, zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli vositalardan foydalanish kabi mavzular bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
O‘quv jarayonining amaliy yo‘naltirilganligini ta’minlash maqsadida tegishli davlat organlarida sayyor o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ishtirokchilar korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va ichki nazoratni amalga oshirishning ilg‘or amaliyoti bilan tanishdilar.
Kurs yakunida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari baholanib, muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.