O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti” Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Yurisprudentsiya va sud-texnik ekspertizasi Oliy maktabi direktori D.A.Moxorov boshchiligidagi vakillar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar birgalikda ilmiy nashrlar tayyorlash, konferensiyalar, seminarlar va tadqiqotlar o'tkazish hamda o'qituvchilarning stajirovkalarini tashkil etish sohasida hamkorlik o'rnatish istiqbollari va imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Prokuratura organlari hodimlarini kasbiy tayyorlash tizimiga innovatsion metodlar va texnologiyalarni tadbiq etish va “ProAcademy” axborot-ta'lim portalini joriy qilish bo'yicha erishilgan yutuqlar mehmonlarda alohida qiziqish uyg'otdi.
Uchrashuv yakunida Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Yurisprudentsiya va sud-texnik ekspertizasi Oliy maktabi o'rtasida o'zaro kelishuv Memorandumini imzolash masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi.