Intizom, hamjihatlik va vatanparvarlik ifodasi: Akademiyada saf tayyorgarligi musobaqasi o‘tkazildi

Intizom, hamjihatlik va vatanparvarlik ifodasi: Akademiyada saf tayyorgarligi musobaqasi o‘tkazildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida bakalavriatning 1-kurs o‘quv guruhlari o‘rtasida “Saf tayyorgarligi” bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan namoyish etilgan chiqishlar ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Musobaqa jarayonida jamoalar saf maydonida tantanali yurish, saf qo‘shig‘i bilan harakatlanish hamda jamoaviy muvofiqlik va intizom borasidagi ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Ishtirokchilarning chiqishlari Milliy gvardiya ofitser-xodimlari va harbiy xizmatchilaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, bakalavriatning “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 1 kurs “A” potok 1-guruhi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin mazkur yo‘nalishning rus tilida ta’lim oluvchi guru, uchinchi o‘rin esa “A” potok 3-guruhiga nasib etdi.

G‘olib va faol ishtirokchilar diplom, kubok hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbir yoshlarning jismoniy va ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash, ularda intizom, jamoaviylik va Vatan oldidagi yuksak mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.

Telegram Facebook