O‘zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul e’lon qilinadiO‘zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul e’lon qilinadi

O‘zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul e’lon qilinadiO‘zbekiston respublikasi huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026/2027 o‘quv yili uchun “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning kunduzgi shakli uchun magistraturaga qabul boshlangani ma’lum qilinadi.

Magistraturaga tanlov vakolatli davlat organlarining surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshiruvchi tuzilmalarida hamda prokuratura organlarida kamida 3-yil xizmatni o‘tagan «Yurisprudensiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega amaldagi xodimlari (harbiy xizmatchilari) orasida o‘tkaziladi.

Magistraturaning «Tergov faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitish bepul asosda amalga oshiriladi.

O‘qishga qabul qilingan xodimlarning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.

O‘qish kunduzgi ta’lim shaklida bir yil davomida amalga oshiriladi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlar 10-maydan 10-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining “mydtm.uz” elektron platformasi (www.my.uzbmb.uz) orqali taqdim etiladi.

Kirish imtihonlari avgust oyida uch bosqichda, ya’ni test shaklida o‘tkaziladigan maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (esse) va chet tilidan test sinovi orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaning boshqa mutaxassisliklari, xususan “Prokurorlik faoliyati”, “Prokurorlik faoliyati (kechki va masofaviy)”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” hamda “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” mutaxassisliklariga qabul 10-iyundan 31-iyuliga qadar tashkil etiladi va bu haqda qo‘shimcha batafsil e’lon beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: http://lex.uz/uz/docs/6425532

Akademiya magistraturasiga kirish imtihonlari bilan bog‘liq yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy veb-sayti (www.proacademy.uz), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:  www.facebook.com/ ProsecutorAcademy,  www.instagram.com/proacademyuz/ , "tm/ProsecutorAcademy” havolasi hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali tanishib borishingiz mumkin.

Telegram Facebook