“Bo'lajak prokurorlar klubi” a'zolarini o'qitish tashkil etildi

“Bo'lajak prokurorlar klubi” a'zolarini o'qitish tashkil etildi

2018 yil 19 yanvardan boshlab Bosh prokuratura Akademiyasida “Bo'lajak prokurorlar klubi” a'zolari uchun birinchi marotaba “Prokuratura organlari faoliyatining asoslari” mavzusida o'quv kurslari tashkil etildi.

Mazkur kurslar har haftada bir marta joriy yilning iyun oyiga qadar davom etadi. Kurs dasturi to'rtta o'quv bloklarini o'z ichiga olgan bo'lib, unda prokuratura organlari faoliyatini tashkillashtirish, qonunlar ijrosi ustidan nazorat, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash yo'nalishlari bo'yicha boshlang'ich ko'nikmalarni shakllantirish ko'zda tutilgan.

Prokuratura organlari faoliyatining umumiy asoslarini o'rganishga yo'naltirilgan ushbu kurslar davomida muammoli ma'ruzalar, vaziyatli treninglar, guruh loyihalari, keys, debat kabi interfaol o'qitish shakllari va metodlaridan foydalaniladi.

O'quv kurslari yakunida tinglovchilarga tegishli namunadagi sertifikatlar beriladi.