Akademiya tarkibiy tarmoq rahbarlariga navbatdagi darajali unvon berildi

Akademiya tarkibiy tarmoq rahbarlariga navbatdagi darajali unvon berildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshliqlariga belgilangan tartibda adliya katta maslahatchisi darajali unvoni berildi.

Mazkur darajali unvonning berilishi samarali xizmat faoliyati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-pedagogik jarayonni rivojlantirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni mustahkamlashga qo‘shgan hissaning e’tirofidir.

Akademiya rahbariyati darajali unvon berilgan xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan tabriklab, ularga xizmat, ilmiy va pedagogik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

Telegram Facebook