Lund universitetining (Shvetsiya) Huquq sotsiologiyasi departamenti bilan hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi

Lund universitetining (Shvetsiya) Huquq sotsiologiyasi departamenti bilan hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi

2019 yil 21 yanvar kuni Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyatining Shvetsiya va Finlyandiya davlatlariga tashrifi doirasida Lund universitetining (Shvetsiya) Huquq sotsiologiyasi departamenti bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi.

Lund universitetining Huquq sotsiologiyasi departamenti bilan kelishuvga erishish huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida o'zaro akademik almashinuv va birgalikda tadqiqotlar o'tkazish yo'li orqali Bosh prokuratura Akademiyasining ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Tadbir yakuniga ko'ra, Yevropa komissiyasining «Erasmus+ International Credit Mobility» dasturi doirasidagi loyihalar ustida hamkorlikda ishlash haqida kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, birgalikda olib boriladigan boshqa sohalarini ham belgilab olishdi.