Navbatdagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Akademiya mustaqil izlanuvchisi G‘ayrat Nabiyevning 12.00.09 – “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha “Ekspertning jinoyat protsessual faoliyatini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi dissertatsiyasi himoya qilindi.

Tadqiqot doirasida ekspertning jinoyat protsessual faoliyatiga oid nazariy yondashuvlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ilmiy kengash qaroriga ko‘ra, tadqiqotchi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib deb topildi.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi jamoasi G‘ayrat Nabiyevni dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyati bilan tabriklab, kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlar tilaydi.

Telegram Facebook