Ijro ishi yurituvining dolzarb masalalari masofaviy ta’lim orqali o‘rganilmoqda

Ijro ishi yurituvining dolzarb masalalari masofaviy ta’lim orqali o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Majburiy ijro byurosi xodimlari uchun “Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning dolzarb masalalari” mavzusida masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Kurslar portal.proacademy.uz masofaviy ta’lim portali orqali o‘tkazilib, joriy yil boshidan buyon ularga 2400 nafardan ortiq Byuro xodimlari jalb qilindi.

Mashg‘ulotlar Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan prokurorlik va ijro ishi yurituvi amaliyotiga oid dolzarb masalalar bo‘yicha ishlab chiqilgan elektron slaydlar, kazuslar, yozma ishlar va boshqa o‘quv materiallari asosida olib borilmoqda.

O‘quv dasturi Byuro xodimlarining Axloq kodeksi qoidalarini chuqur o‘zlashtirishi, psixologiya va vaqtni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishi, axborot tizimlari va dasturiy komplekslar bilan ishlash, ijro harakatlari bo‘yicha sifatli protsessual hujjatlar tayyorlash hamda xizmat faoliyatidagi konfliktli holatlarni hal etishga oid kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Telegram Facebook