Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning Bolalar fondi (YUNISEF) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning Bolalar fondi (YUNISEF) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yilning 24 yanvar kuni Bosh prokuratura Akademiyasida BMTning Bolalar fondi (YUNISEF) mutaxassisi Safinas Axaeva bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ishtirokchilar qonun bilan nizoda bo'lgan bolalar huquqini himoya qilish, yuvenal adliya institutini takomillashtirish va jinoyat qonunchiligida voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish xalqaro tamoyillari va standartlarini tadbiq etish masalalarini muxokama qilishdi.

Tadbir davomida tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining yangi loyihalarida yuvenal adliya masalalari ustidan ishlarni olib borish maqsadida horijiy ekspertlarni jalb qilishda ko'maklashish masalalari bo'yicha fikr va mulohazalar bilan almashishdi.