Kriminalistika va huquqni muhofaza qilish sohasi AQSHning ilg‘or tajribasi o‘rganildi

Kriminalistika va huquqni muhofaza qilish sohasi AQSHning ilg‘or tajribasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari AQSH Adliya vazirligining Xalqaro jinoiy qidiruv bo‘yicha ta’lim va ko‘maklashish dasturi (ICITAP) doirasida huquqni muhofaza qilish organlari uchun kadrlar tayyorlash, sud-kriminalistika faoliyatini tashkil etish hamda zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rgandilar.

Tashrif davomida AQSHning huquqni muhofaza qilish tizimida xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy yondashuvlari, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlari, shuningdek, jinoyatlarni fosh etish va tergov qilishda qo‘llanilayotgan zamonaviy kriminalistik texnologiyalar bilan tanishildi.

Shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish, sud-kriminalistika ekspertizalarini tashkil etish va huquqni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlar o‘rganildi.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda huquqni muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Olingan bilim va tajriba Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va huquqni muhofaza qilish organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook