O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasining “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari yakunlanmoqda.
Vakolatli davlat organlarining surishtiruv va tergov faoliyatini amalga oshiruvchi tuzilmalari hamda prokuratura organlarida kamida 3 yil xizmat stajiga ega, “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tayanch oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan amaldagi xodimlar (harbiy xizmatchilar) hujjatlarni bugun – 10-iyunga qadar taqdim etishlari mumkin.
Magistraturaning “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim bepul asosda tashkil etiladi. O‘qishga qabul qilingan xodimlarning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.
Hujjatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari avgust oyida maxsus psixologik tanlov, yozma imtihon (esse) va chet tili bo‘yicha test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
71-202-04-96 (ichki: 1795, 1775)