Kutubxona fondi huquqiy va ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Kutubxona fondi huquqiy va ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonini sifatli axborot resurslari bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi bosqichda Akademiya kutubxonasi fondi huquqshunoslik, prokurorlik faoliyati, davlat va jamiyat qurilishi, milliy taraqqiyot hamda ma’naviy-ma’rifiy sohalarga oid yangi adabiyotlar bilan boyitildi.

Kutubxona fondiga qabul qilingan nashrlar qatorida “O‘zbekiston – Uchinchi Renessans taraqqiyot konsepti”, “Prokuror nazorati”, “Qonunchilikka-oid prokuror nazorati”, “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” hamda “Ma’naviyat asoslari” kabi kitoblar o‘rin olgan.

Mazkur adabiyotlar huquq sohasidagi nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, milliy davlatchilik va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini o‘rganish, shuningdek, tinglovchilar, tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.

Kutubxona fondini dolzarb o‘quv va ilmiy manbalar bilan muntazam boyitib borish Akademiyada yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Telegram Facebook