Akademiya magistraturasi: «Prokurorlik faoliyati», «Korrupsiyaga qarshi kurashish», «Inson huquqlariga oid xalqaro huquq» va «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» mutaxassisliklari bo‘yicha qabul e’lon qilinadi

Akademiya magistraturasi: «Prokurorlik faoliyati», «Korrupsiyaga qarshi kurashish», «Inson huquqlariga oid xalqaro huquq» va «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» mutaxassisliklari bo‘yicha qabul e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026/2027 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul boshlandi.

Hujjatlar 10-iyundan 31-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishning yagona elektron platformasi – my.uzbmb.uz orqali qabul qilinadi.

Akademiya magistraturasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi va huquqni qo‘llash amaliyoti uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan zamonaviy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.

2026/2027 o‘quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:

  • Prokurorlik faoliyati;
  • Prokurorlik faoliyati (kechki va masofaviy ta’lim shakllari);
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish;
  • Inson huquqlariga oid xalqaro huquq;

Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash (masofaviy ta’lim shakli, rus tili guruhi).

«Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» mutaxassisligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etishga qaratilgan qarorlari asosida tashkil etilgan.

Mazkur mutaxassislik bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan nufuzli xalqaro IT-sertifikatlarga ega bo‘lgan nomzodlar mutaxassislik fanlari bo‘yicha «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan kirish imtihonini topshirishdan ozod etiladi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishga qabul qilingan tinglovchilarning oxirgi egallab turgan lavozimi bo‘yicha belgilangan tartib va miqdorda mehnatga haq to‘lash fondi to‘lovlari (pul ta’minoti) saqlanadi.

Ochiq tanlov asosida davlat grantiga qabul qilingan tinglovchilarga qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorda har oylik stipendiya to‘lanadi.

Kirish sinovlari avgust oyida o‘tkaziladi.

Magistraturaga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

http://lex.uz/uz/docs/6425532

Qabul jarayoni va kirish imtihonlariga oid yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali muntazam e’lon qilib boriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

️ 71-202-04-96  (ichki raqamlar: 1795, 1716)

Telegram Facebook