O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rashidova Zulayho Olimjon qizi tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quv jarayonini interaktiv ta’lim asosida tashkil etish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ilg‘or innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish, shuningdek, ta’lim sifati va professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanish, tinglovchilar faolligini oshirishga qaratilgan interaktiv yondashuvlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Bunday tadbirlar Akademiyada ta’lim jarayonini takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda professor-o‘qituvchilarning pedagogik kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.