Xelsinki universitetining (Finlyandiya) Aleksandr instituti bilan hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi

Xelsinki universitetining (Finlyandiya) Aleksandr instituti bilan hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi

Joriy yilning 25 yanvarida Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyatining Shvetsiya va Finlyandiya davlatlariga tashrifi doirasida Xelsinki universitetining (Finlyandiya) Aleksandr instituti bilan hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi.

Tadbir doirasida ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida tadqiqot olib boruvchi, Finlyandiya davlatining xalqaro akademik hamkorligini rivojlantiruvchi va muvofiqlashtiruvchi Aleksandr institutining ilmiy-ta'lim faoliyati tanishtirib o'tildi.

Tashrif davomida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilish maqsadida, uchrashuvlar va muzokaralar o'tkazilib, qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun Yevropa ittifoqining grant dasturlarida qatnashish yuzasidan kelishuvga erishib olindi.