O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi organlari xodimlarining bilimi, kasbiy tayyorgarligi va mas'uliyatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2019 yil 25-26 yanvar kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida prokuratura organlari xodimlarini masofaviy ta'lim asosida o'qitish yakunlari va o'quv materiallarini o'zlashtirganlik darajasini aniqlash yuzasidan Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Kadrlar boshqarmasi va Ichki xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi hamkorligida yozma imtihon o'tkazildi.
Imtihon huquqiy sohalarga oid test savollari va kazuslar yechish hamda esse yozish shaklida tashkil etilib, unda Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuratura organlarining barcha xodimlari ishtirok etdi.
Imtihon natijalari asosida Akademiya tomonidan maxsus o'quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilgan.