Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi tergovchilarini o'qitish tashkil etildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi tergovchilarini o'qitish tashkil etildi

2019 yil 26 yanvar kuni Nukus shahrida Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi tergovchilari uchun “Prokuratura organlari faoliyatining ayrim masalalari” mavzusida o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi. Shuningdek, ushbu tadbirga Berdax nomidagi Qoraqalpog'iston davlat universitetining yuridik fakulteti talabalaridan tashkil topgan “Bo'lajak prokurorlar klubi” a'zolari jalb qilindi.

Mazkur mashg'ulotlar prokuratura organlari faoliyatini tashkillashtirish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish davomida yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf qilish kabi masalalarni o'rganishga qaratildi.

Ushbu mashg'ulotlar davomida muammoli ma'ruza, imitatsiya, keys-stadi kabi interfaol o'qitish metodlaridan foydalanildi.

O'quv mashg'ulotlari yakunida Akademiya xodimlari tergovchilar va “Bo'lajak prokurorlar klubi” a'zolarini qiziqtirgan savollariga javob berishdi.