O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahar Olmazor tumaniga tashrifi chog'ida bergan topshirig'iga muvofiq, Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan joriy yilning 26 yanvar kuni Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlari tuman (shahar) tergov bo'linmalari boshliqlari va xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbir ichki ishlar organlari tuman (shahar) tergov tarmoq sohasida mavjud bo'lgan muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish bo'yicha tavsiyalar berish, xususan, ichki ishlar organlari tuman (shahar) tergov bo'linmalari boshliqlari ish faoliyati uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va kompetentsiyalarni yanada takomillashtirishga qaratildi.
Davra suhbati davomida giyohvandlik moddalari va ularni analoglarining noqonuniy muomalasi, yo'l-transport hodisalari bilan bog'liq jinoyat ishlari tergovi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llariga alohida urg'u berildi.
Suhbat yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan boshqa savollariga ham batafsil javob oldilar.