Bektemir tumanidagi mahallalarda xalqaro tajriba asosida viktimologik tadqiqot ishlari boshlab yuborildi

Bektemir tumanidagi mahallalarda xalqaro tajriba asosida viktimologik tadqiqot ishlari boshlab yuborildi

Ushbu tadqiqot BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan, zamonaviy xalqaro standartlarga toʻliq mos keladigan metodika asosida oʻtkazilmoqda.

Tadqiqot jinoyatchilikning haqiqiy koʻlami, latent jinoyatchilik darajasi, aholining xavfsizlik hissi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga boʻlgan ishonchini oʻrganishga qaratilgan.

Ushbu tadqiqotning oʻziga xos jihati shundaki, u huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini nafaqat rasmiy jinoiy-huquqiy statistika, balki aholining fikri asosida ham baholash imkonini beradi.

Tadqiqot natijalari mahallada jinoyatchilikning oldini olish tizimini yanada takomillashtirish, jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash, aholining davlat institutlariga boʻlgan ishonchini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda xizmat qiladi.

Telegram Facebook