Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish orqali prokuratura organlari xodimlarining malakasini muntazam ravishda oshirib borishga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 23-25 yanvar kunlari Akademiyaning professor-o'qituvchilari tomonidan Majburiy ijro byurosining Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlari hududiy boshqarmalarida masofaviy ta'lim asosida davlat inspektorlarining malakasini oshirish bo'yicha o'quv-seminar mashg'ulotlari tashkil etildi.
Seminarlar davomida tinglovchilarga ushbu ta'lim tizimining imkoniyatlari va afzalliklari tushuntirildi hamda faoliyatda tizimli ravishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar va yuzaga kelayotgan muammolarning tahlil natijalaridan kelib chiqib, tayyorlangan o'quv kurslari haqida ma'lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil tushuntirishlar berildi.