Huquqni muhofaza qilish akademiyasida AQSH Adliya vazirligi huzuridagi Jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha o‘qitish va texnik yordam ko‘rsatish xalqaro dasturi (ICITAP)ning huquqni muhofaza qilish faoliyati masalalari bo‘yicha attashesi S. Letik bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Akademiya va ICITAP hamkorligi doirasida amalga oshirilgan loyihalar natijalari muhokama qilinib, kelgusidagi qo‘shma faoliyatning asosiy yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab, hamkorlikdagi tashabbuslarni amalga oshirishga doir navbatdagi qadamlarni kelishib oldilar.