Ta’lim sohasidagi hamkorlik va istiqbolli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash

Ta’lim sohasidagi hamkorlik va istiqbolli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «El-yurt umidi» stipendiyasi sovrindorlariga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi. Tadbir doirasida Akademiyaning ta’lim sohasidagi samarali hamkorligi alohida e’tirof etildi.

«El-yurt umidi» jamg‘armasi tomonidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi «Yilning eng faol ta’lim hamkori» deb topildi. Shuningdek, Akademiyaga ta’lim sohasidagi samarali hamkorlik va amalga oshirilayotgan tashabbuslarga qo‘shayotgan hissasi uchun tashakkurnoma topshirildi.

Forumda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida bilim va tajriba orttirishi, zamonaviy bilim va kompetensiyalarga ega kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi. 2026 yilgi birinchi ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, 210 nafar yosh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «El-yurt umidi» stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Akademiya va «El-yurt umidi» jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlikni kelgusida yanada kengaytirish, istiqbolli kadrlarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shma ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Telegram Facebook