O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026/2027 o‘quv yili uchun bakalavriatning «60420100 – Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjatlarni qabul qilish joriy yil 10 avgust kuni yakunlandi.
Test sinovlarida ishtirok etish uchun har bir talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
To‘lovni amalga oshirishning oxirgi muddati – 2026 yil 18 avgust (shu kuni ham).
To‘lov uchun hisobvaraq raqami talabgorning shaxsiy kabinetiga joylashtirilgan.
Talabgorlardan shaxsiy kabinetga kirib, belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirish so‘raladi.