Prokuratura organlari faoliyatini psixologik ta'minlashning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro hamkorlik

Prokuratura organlari faoliyatini psixologik ta'minlashning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro hamkorlik

Bosh prokuratura Akademiyasining M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va uning Toshkentdagi filiali bilan hamkorlik doirasida 28-30 yanvar kunlari Akademiyada MDU professori, psixologiya fanlari doktori T.Y.Bazarov ishtirokida qator tadbirlar o'tkazildi.

Ishchi uchrashuvlar davomida prokuratura organlarini psixologik ta'minlashning rivojlanishi masalalari, prokuror-tergov kadrlarining kasbiy muhim sifatlari va kompetentsiyalari psixodiagnostikasi muammolari ko'rib chiqildi.

T.Y.Bazarov Akademiyaning Psixologik ta'minlash bo'limiga umumiy, ustuvor kompetentsiyalarni operatsional belgilanishi, prokuratura organlari xodimlarining kompetensiyalarini baholash indikatorlari, mezonlari, metodlari va axborot manbasini aniqlashga doir konsul`tativ yordam ko'rsatdi.

Shuningdek, tadbirlarda prokuror kompetentsiyasining tahlili, kasbiy va etnik xususiyatlarni inobatga olgan holda psixologik metodikalarni saralash va moslashtirish, prokuratura organlariga munosib kadrlarni tanlash, boshqaruv kadrlar zahirasini shakllantirish, Akademiyaning Assesment-markazini yaratish kabi masalalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, professor T.Y.Bazarov Akademiyaning professor-o'qituvchilik tarkibi hamda tinglovchilar uchun insoniy resurslarni  boshqarish, jamoadagi shaxslararo munosabatlarni takomillashtirishga oid lektsiyalar o'tkazdi.

Ishtirokchilar o'rtasida, rejaviy topshiriqlarni bajarish jarayonida turli shart-sharoitlarda insoniy resurslarni samarali boshqarish, xodimlar motivatsiyasini oshirish va shunga taalluqli muammolar muhokama qilindi.

T.Y.Bazarovning uchrashuvlardagi samimiyligi va sidqidilligi Akademiya xodimlari va tinglovchilarda chuqur taassurot qoldirdi.