Bundan o‘ttiz besh yil muqaddam mustaqillik O‘zbekiston tarixida yangi davrni – o‘z taraqqiyot yo‘lini mustaqil belgilash, milliy o‘zlikni tiklash va kelajakni erkin bunyod etish davrini boshlab berdi. Bugun ushbu bayram bosib o‘tilgan yo‘ldan faxrlanish va Vatanimizning kelgusi ravnaqi uchun mas’uliyat tuyg‘ulari atrofida barchamizni birlashtiradi.
Mustaqillik yillarida milliy davlatchiligimiz asoslari mustahkamlandi, jamiyat va insonlar hayotida keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berdi, tinchlik, inson qadri, qonuniylik va adolat qadriyatlari qaror topdi. Erishilgan har bir marrа millionlab yurtdoshlarimizning bunyodkor mehnati, bilimi va Vatanga sadoqati samarasidir.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi uchun mustaqillik qonun, adolat va xalq manfaatlariga xizmat qilish mas’uliyati bilan chambarchas bog‘liq. Biz ishonamiz: davlatning mustahkamligi qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasi, qonuniylikni ta’minlash ishonib topshirilgan kadrlarning professionalligi va ma’naviy matonati bilan belgilanadi. Akademiya ana shunday kadrlarni tayyorlashni mamlakat oldidagi yuksak burchi deb biladi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi barcha yurtdoshlarimizni davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
Har biringizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, kelajakka ishonch va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hamisha barqaror bo‘lsin, hamjihatlik va o‘zaro hurmat jamiyatimizni yanada mustahkamlasin, har bir insonning mehnati Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilsin.
O‘zbekiston mustaqilligi abadiy, xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!