O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida birinchi bosqich talabalari uchun START WEEK dasturi tashkil etiladi.
Dastur talabalarni Akademiya muhitiga samarali moslashtirish, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar, talabalarning huquq va majburiyatlari bilan tanishtirishga qaratilgan.
Haftalik doirasida Akademiya rahbariyati va tarkibiy bo‘linmalar bilan tanishuv, talabalar klublari taqdimoti, psixologik treninglar, sport musobaqalari, intellektual va jamoaviy o‘yinlar o‘tkaziladi.
START WEEK – Akademiyadagi yangi hayot, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar sari ilk qadam!
Sana: 2026 yil 7–11 sentyabr kunlari
Vaqti: 15:00
Ishtirokchilar: birinchi bosqich talabalari