Yaponiya Adliya vazirligi tadqiqot va malaka oshirish instituti va Yaponiyaning Nagoya universiteti vakillari bilan uchrashuv

Yaponiya Adliya vazirligi tadqiqot va malaka oshirish instituti va Yaponiyaning Nagoya universiteti vakillari bilan uchrashuv

2019 yil 4 fevral kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Taro Morinaga boshchiligida Yaponiya Adliya vazirligi tadqiqot va malaka oshirish instituti vakillari va Yaponiyaning Nagoya universiteti professori, yu.f.d. Itixashi Katsuya ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida “Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida” gi Qonunning va O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksning implementatsiya qilish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish masalalari bo'yicha hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar huquqbuzarliklarni oldini olish va ma'muriy adliya mexanizmlarini tadbiq qilish mavzularida seminar-treninglar tashkil qilish hamda “Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida”gi Qonunga ilmiy-amaliy sharh tayyorlab, uning asosida elektron kursni ishlab chiqish masalalari yuzasidan kelishuvga erishib olishdi.

Shu bilan birga, Yaponiya delegatsiyasi boshlig'i shu yilning 10-16 mart kunlari ma'muriy adliya tizimini takomillashtirish masalalari bo'yicha o'tkaziladigan seminarda qatnashish va hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qilish maqsadida Yaponiyaga tashrif buyurishni taklif qilib, Akademiya rahbariyatiga rasmiy taklifnoma taqdim etdi.