Uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining raqamli kriminalistikasi: Akademiya uchun yangi bilim va ko‘nikmalar

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining raqamli kriminalistikasi: Akademiya uchun yangi bilim va ko‘nikmalar

Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida “Uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining raqamli kriminalistikasi” mavzusida besh kunlik mintaqaviy trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi eksperti ishtirok etdi.

Trening CADAP-8 dasturi doirasida Yevropa Ittifoqi va BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Dastur raqamli kriminalistikaning ixtisoslashgan yo‘nalishi – uchuvchisiz uchish qurilmalaridagi raqamli ma’lumotlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlandi.

Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar doirasida ishtirokchilar uchuvchisiz uchish qurilmalaridan raqamli ma’lumotlarni kriminalistik talablarga muvofiq olish va tahlil qilish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Akademiya eksperti tomonidan olingan bilim va ko‘nikmalar raqamli kriminalistika sohasidagi ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatda qo‘llanilib, uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining raqamli kriminalistikasi bo‘yicha yangi ilmiy-amaliy ishlanmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook